Japarov Qirgʻizistondagi barcha rus tilidagi qishloq nomlari oʻzgartirilishini maʼlum qildi

11:25 14 Aprel 2026 Dunyo
175 0

Qirgʻiziston hukumati 2027-yil oxirigacha mamlakatda qolgan rus tilidagi qishloq nomlarini almashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti Sadir Japarov maʼlum qildi, uning soʻzlaridan TASS iqtibos keltirmoqda.

“Bu ishlarni kelasi yili yakunlashni rejalashtirganmiz”, — dedi Qirgʻiziston yetakchisi Oʻsh viloyatining Oloy tumani aholisi bilan uchrashuvda.

Japarov, shuningdek, aholi punktlariga Qirgʻizistondagi mashhur tarixiy shaxslarning nomlarini berishga ham qarshi ekanligini taʼkidladi.

Sadir Japarov prezident etib saylanganidan beri 15 dan ortiq aholi punktining rus tilidagi nomlari rasman oʻzgartirildi.

Xususan, Voyenno-Antonovka qishlogʻi (Chuy viloyati) Kojomqul, Semyonovka qishlogʻi (Issiqkoʻl viloyati) esa Qoʻjoyor-Ota deb qayta nomlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер