Janubiy Koreya mamlakatga kirish uchun majburiy PZR-testini bekor qildi. Biroq...
2022-yilning 3-sentyabrdan boshlab Janubiy Koreya mamlakatga kelayotgan yoʻlovchilarga PZR-testlarini taqdim etish talablarini bekor qildi.
Biroq, Koreya Respublikasiga kirish uchun maxsus karantin shaklini havo kemasi bortida toʻldirish va mamlakatga kirish chogʻida karantin xizmati xodimlariga taqdim etish qoidalari saqlanib qoladi.
Shuningdek, mamlakatga kelganidan keyin sayyohlar 24 soat ichida COVID-19 uchun PZR-testini topshirishlari, test natijalari toʻgʻrisida esa karantin xizmatini elektron manzil orqali xabardor qilishlari majburiydir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring