Janubiy Afrikada koronavirusga chalinganlar soni yarim milliondan oshdi
Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) COVID-19 bilan kasallanish holatlari 500 mingdan oshdi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bergan. Hozirda Afrika qitʼasida koronavirusga chalinganlarning umumiy soni bir millionga yaqinlashmoqda.
Afrikaning eng sanoatlashgan mamlakati hisoblanuvchi JARda oʻtgan sutka davomida 11 107 kishining koronavirusni yuqtirib olgani aniqlandi. Bu bilan kasallanganlarning umumiy soni 503 290 kishiga yetdi va ularning 8153 nafari vafot etdi. Bu mamlakatga COVID-19 besh oy oldin kirib kelgandi. Shu paytgacha 3 millionda ortiq kishi ushbu kasallikka test topshirgan.
JARda koronavirusning tarqalishini toʻxtatish uchun mart oyining oxirida karantin joriy qilingandi. Lekin bugungi kunga kelib iqtisodiy faoliyatni tiklash uchun koʻplab cheklovlar yumshatildi.
“Karantin cheklovlari koronavirusning tarqalishini ikki oydan koʻproq muddat toʻxtatishda foydali boʻldi. Koʻrgan choralarimiz mamlakatda mart oyida kasallanganlar soni nazoratsiz holda koʻpayib ketishining oldini oldi” dedi JAR prezidenti Kiril Ramafoza.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring