Jamoaviy hamjihatlik namoyishi
Foto: Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Mudofaa vazirligi sport markazida regbi sport turi bo‘yicha navbatdagi yirik musobaqa — Markaziy Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Turnirda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasining regbi jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan xabar berishlaricha, erkaklar jamoalari o‘rtasida kechgan bahslarda O‘zbekiston barcha raqiblaridan ustun kelib, birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston regbichilari ikkinchi, Qirg‘iz Respublikasi vakillari esa uchinchi o‘rinni band etdi.
Qizlar jamoalari bahsida ham xuddi shu ko‘rsatkich qayd etildi: mamlakatimiz jamoasi birinchi, Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikasi vakillari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Musobaqa yakunida barcha g‘olib va sovrindorlar kubok, medallar va diplomlar bilan taqdirlandi.
Bunyodbek QARSHIBOYEV,
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring