Jamoaviy chipta boʻyicha chegirmalar mavjud
Foto: Arxiv surat
Qonunchilikka koʻra, 10 va undan koʻp yoʻlovchidan iborat guruhlar chiptalariga quyidagi miqdordagi chegirmalar beriladi:
— yoʻnalish masofasi 2000 kilometrgacha boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):
— guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 10 foiz;
— guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 15 foiz;
— yoʻnalish masofasi 2000 kilometrdan ortiq boʻlganda (boshqa poyezdga oʻtishni hisobga olib):
— guruhdagilar 10 nafardan 24 nafargacha boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 20 foiz;
— guruhdagilar 25 nafar va undan ortiq boʻlganda chiptalarning umumiy toʻliq qiymatidan 30 foiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring