Jamg‘armaning vazifasi nima?

14:46 07 Avgust 2018 Jamiyat
5020 0
Illyustrativ foto

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori dehqonlarning mehnatini rag‘batlantirish, ularga iqtisodiy ko‘mak berishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘ldi. Chunki bu bilan Jamg‘arma yuridik shaxs sifatida o‘tkazilib, to‘laqonli ish boshladi. Shuningdek, ayni paytda Jamg‘armaning markaziy apparati va viloyatlardagi vakilligi shakllantirilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda aytib o‘tildi.

Jamg‘armaning asosiy vazifalaridan biri tomorqa yer egalariga agrotexnika va veterinariya bilan bog‘liq kompleks xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, xonadonlarda tomorqa madaniyatini shakllantirish orqali tomorqani rivojlantirish, olinayotgan daromadni 2 barobarga oshirishdir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер