Jaloliddin Manguberdi avlodlari

15:40 24 May 2019 Jamiyat
2046 0

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyat boʻlimi tashabbusi bilan viloyat miqyosidagi barcha umumtaʼlim maktablari oʻrtasida “Jaloliddin Manguberdi avlodlari” shiori ostida uch bosqichli koʻrik tanlov oʻtkazildi.

Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad oʻquvchilar ongiga Vatan ozodligi yoʻlida mardlik, jasorat, fidoiylik koʻrsatgan Jaloliddin Manguberdi tomonidan olib borilgan kurashlarning hozirgi tinch va osoyishta hayotimizni qurishdagi ahamiyatini singdirish hamda yoshlarni ajdodlarimizning Vatanni muhofaza qilishga oid anʼana va qadriyatlariga sadoqat ruhida tarbiyalashdir.

Tanlovning viloyat bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalarga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Xorazm viloyati boʻlimi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер