Jakartadan charter reys bilan olib kelingan oʻzbekistonliklar “Joʻyizar” sogʻlomlashtirish maskanida karantinga olindi
Kecha, 23-mart kuni, Uzbekistan Airways Jakarta—Buxoro yoʻnalishi boʻyicha charter qatnovini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Samolyotda 54 nafar yoʻlovchi olib kelingan. Ularning 28 nafari erkak, 26 nafari ayoldir. Ushbu qatnov bilan kelgan barcha yoʻlovchilar “Joʻyizar” sogʻlomlashtirish maskanida ikki haftalik karantinga joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda koronavirus paydo boʻlishi munosabati bilan joriy etilgan karantin choralari doirasida Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 16-martdan xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha barcha qatnovlarni bekor qilgan edi. Hozirda xorijdagi fuqarolar charter reyslar orqali mamlakatga olib kelinmoqda.
Avvalroq, Oʻzbekistonning 253 nafar fuqarosi charter reys orqali Novosibirskdan olib kelingani, Seuldan charter reys orqali olib kelingan 196 nafar oʻzbekistonlik Namangandagi “Chortoq” sanatoriysiga joylashtirilgani, Mudofaa vazirligi karantinga olingan hududlarda nazoratni kuchaytirgani haqida xabar berilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring