Jahon miqyosida harbiy xarajatlar rekord darajada oshdi
Illyustrativ foto
2024-yilda global harbiy xarajatlar 9,4 foizga oshib, 2,718 trillion dollarga yetdi. Bu haqda CNN axborot agentligi xabar qildi.
Koʻrsatkichlar sovuq urushdan keyin eng yuqori natijada turibdi. Dunyoning 100 dan ortiq mamlakati 2024-yilda ijtimoiy sohalar oʻrniga mablagʻlarini harbiy xarajatlarga yoʻnaltirgan.
Eng koʻp harbiy sohada pul sarflagan mamlakatlar orasida AQSh birinchi oʻrinda. Davlatda oʻtgan yilda deyarli ushbu sohaga 1 trillion dollar ajratilgan. Xitoy esa 314 milliard dollar bilan ikkinchi oʻrinda turibdi. Xitoyning harbiy kuchga eʼtiborni koʻproq qaratishi Osiyo mintaqasida ham qurollanish poygasini jadallashtirgan.
Yevropada mudofaa xarajatlari 17 foizga oshib, 693 milliard dollarni tashkil etgan. Shu jumladan, Rossiyaning harbiy xarajatlari 2024-yilda 149 milliard dollarga yetdi. Ukraina esa sohada 64,7 milliard dollar sarfladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring