Jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasi eʼlon qilindi
Foto: Reuters
Qatarda boʻlib oʻtgan jahon chempionati yakunida nufuzli WhoScored statistik portali mutaxassislari oʻz baholariga asoslanib, turnirning eng yaxshi yosh futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasini tuzishdilar.
Unda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar kiritilgan va toʻliq jamoa quyidagicha koʻrinish oldi:
Darvozabon: Diogu Koshta (Portugaliya).
Himoyachilar: Alfonso Devis (Kanada), Ibraima Konate (Fransiya), Yurryen Timber (Gollandiya), Diogu Dalot (Portugaliya). Yarim himoyachilar: Jud Bellingem (Angliya), Jamol Mutsiala (Germaniya), Muhammad Qudus (Gana).
Hujumchilar: Bukayo Saka (Angliya), Vinitsius Junior (Braziliya), Kodi Gakpo (Gollandiya).
Qiziq jihati, Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Enso Fernandesga ushbu roʻyxatdan joy topilmadi. Vaholanki, aynan u finaldan soʻng turnirning eng yaxshi yosh futbolchisiga atalgan sovrinni qoʻlga kiritgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring