Jahon bozori uchun yashil innovatsiyalar Germaniya tajribasida
“InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida 18 oktyabr kuni Germaniya delegatsiyasi tomonidan “Jahon bozori uchun yashil innovatsiyalar (Germaniya tajribasi)” mavzusidagi B2B seminar boʻlib oʻtdi.
Seminar davomida fikrlar almashildi va Oʻzbekistondagi muqobil energiya sohasidagi imkoniyatlar, hozirgi holat muhokama qilindi.
Jumladan, Germaniyaning Ost-Ausschuss der Deutschen Wirtschaft kompaniyasi bilan mahalliy tadbirkorlarimiz oʻzaro tajriba almashdi.
Seminarni Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi Milliy ofisi bosh direktor oʻrinbosari Bunyod Raxmatullayev ochib berdi.
Shuningdek, germaniyalik mutaxassislar – Sharqiy biznes uyushmasi SME direktori Jens Böhlmann, Andreas Chollet, Markus Reigl, Torsten Weber, Zarina Sadykova oʻz taqdimotlari orqali tajriba, bilim va koʻnikmalari bilan boʻlishdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring