Jahon banki Oʻzbekiston uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar ajratadi
Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi Oʻzbekiston uchun 800 million dollarlik imtiyozli kreditlar ajratilishini maʼqulladi. Bu haqida Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi maʼlum qildi.
“Ushbu moliyalashtirish qashshoqlikni yanada kamaytirish, ish oʻrinlari yaratish, xususiy sektor oʻsishini ragʻbatlantirish va strategik iqtisodiyot tarmoqlarida raqobatni kuchaytirishga qaratilgan mamlakatning tarkibiy islohotlari dasturini qoʻllab-quvvatlaydi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring