Zelenskiy Madridda boʻladigan NATO sammitiga taklif qilinadi

22:27 09 Iyun 2022 Dunyo
701 0

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 28-30-iyun kunlari Madridda boʻlib oʻtadigan Shimoliy Atlantika alyansi (NATO) davlat va hukumat rahbarlarining uchrashuviga taklif qilinadi. Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, Ispaniya rasmiylari NATO va boshqa institutlar bilan kelishilgan holda sammitga tayyorgarlikni yakunlamoqda. Shu bilan birga, tadbirning yakuniy dasturi hamon alyans tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shundan soʻng Ukraina prezidentining uchrashuvida ishtirok etishi uchun taklif yuboriladi.

Avvalroq AQSHning 40-prezidenti Ronald Reygan davrida Davlat departamentida NATO va qurol nazorati masalalari boʻyicha ishlagan ekspert Xyu De Santis Shimoliy Atlantika alyansi davlatlari Ukrainani Rossiya bilan muzokaralar olib borishga undashi kerakligini aytgan edi. 

“Ukrainaning harbiy gʻalaba qozonishi dargumon va yagona real maqsad muzokaralar orqali natijaga erishish kerak” deydi ekspert. Uning qoʻshimcha qilishicha, buning uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va uning Sharqiy Yevropa va Boltiqboʻyi mamlakatlaridagi tarafdorlari shunday fikrga kelib olishi kerak: Ukraina neytral davlat boʻlib qolishi va hududining bir qismini Rossiya Federatsiyasiga berishiga rozi boʻlishi kerak.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen taʼkidlashicha, Yevropa Ittifoqi Ukrainani qayta tiklash bilan shugʻullanadi. Bu uning manfaatlariga mos keladi hamda maʼnaviy burchi ham hisoblanadi. Shu bilan birga, Lyayenning qoʻshimcha qilishicha, Yevropa Ittifoqi faqat investor sifatida ishlaydi hamda tiklash vazifalarini mamlakat fuqarolarining oʻzlari hal qilishlari kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер