Zelenskiy Istanbulga keladi, Putin esa hali javob bermadi

16:54 14 May 2025 Dunyo
279 0

Arxiv foto

Ertaga Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina vakillari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda ishtirok etish uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ushbu shaharga yetib keladi.

Oʻz navbatida, Vladimir Zelenskiy Istanbulda Vladimir Putindan boshqa birorta Rossiya vakili bilan uchrashmasligi maʼlum qilindi. Uning idorasi maslahatchisi Mixaylo Podolyak soʻzlariga koʻra, davlat rahbari boshqa shaxs oʻrtasidagi uchrashuv “toʻgʻri format emas”. Rossiya prezidenti yordamchisi va Istanbuldagi birinchi muzokaralarda Moskva delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy esa fundamental masalalarni muhokama qilish uchun yetarli vakolatga ega emas.

Hozircha, Turkiyaga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning kelishi haqida maʼlumotlar yoʻq.

Amerika Qoʻshma Shtatlari rahbari Donald Tramp esa Istanbulga oʻz vakilini yuborishini bildirdi. Oq rahbari muzokaralarda AQSH Davlat kotibi Marko Rubioni qatnashishini aytib, yaxshi natijalarga erishishga umid bildirdi. Kecha kerak boʻlsa shaxsan oʻzi Istanbulga borishini aytgandi.

Kreml Turkiyadagi muzokaraga odam yuborishini tasdiqladi, biroq siyosatchilar tarkibi maʼlum emas. Zelenskiy har qanday holatda ham Turkiyaga boradi. Hozircha u faqat Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan bilan uchrashishni rejalashtirgan.

Braziliya prezidenti Lulu da Silva ham Putinni Istanbulga borishga chaqirgan. Lotin Amerikasi mamlakati vakillarining Xitoy raisi Si Szinpin bilan uchrashuvi doirasida Xitoyda boʻlgan Lula qaytishda Putinning oldiga kirib oʻtishini aytgan. Shuningdek, u Szinpin bilan Ukrainadagi urushni tugatishning yagona yoʻli muzokara boʻlishi mumkinligini muhokama qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер