Zarafshonlik shifokorlar murakkab jarrohlik operatsiyasini oʻtkazishdi

16:05 01 May 2024 Jamiyat
517 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Temur ESHBOYEV/«Xalq soʻzi». Zarafshon shahar tibbiyot birlashmasi travmatolog shifokorlari tomonidan ogʻir tan jarohati olgan 20 yoshli bemorda murakkab jarrohlik operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

— Bemorda oʻng tomonlama chanoq suyagini ochiq usulda ekstramedullyar osteosintez qilish hamda tashqi metall moslamalar yordamida perkutan MOS qilish amaliyoti oʻtkazildi, — deydi tibbiyot birlashmasining travmatolog shifokori E. Ahatov. — Hozirda bemor oʻzini yaxshi his qilmoqda va maʼlum muddat shifokorlar nazorati ostida boʻladi.

Bunday turdagi jarohatlar bemor hayoti uchun oʻta xavfli boʻlib, oʻz vaqtida amaliyot oʻtkazilmasa, ortga qaytmas asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joiz, oʻtgan yilning avgust oyida ilk bor Zarafshonda buyrak koʻchirish operatsiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan edi. Bu kabi murakkab jarrohlik operatsiyalarining oʻzlashtirilishi nainki Zarafshon, balki Qizilqumning shimoliy hududlaridagi Tomdi va Uchquduq tumanlari aholisi uchun ham tibbiy xizmat sifatini oshirishga zamin yaratishi shubhasiz.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер