“Zangiota 2”da oʻta ogʻir holatda yotgan bemorlarning 40 foizdan ortigʻi vaksina olishni istamagan — Shifoxona direktori
“Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot” mavzusida ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov reanimatsiya boʻlimidagilar haqida aytib oʻtdi.
«Shifoxonamizda 250 ta reanimatsiya oʻrni yaratilgan. Bu juda katta koʻrsatkich. Kuniga 25 tagacha oʻta ogʻir holatdagi bemor keltirilmoqda. Ularning 40 foizdan ortigʻi 65 yoshdan oshgan fuqarolardir. Bu bemorlarning barchasiga emlanish tavsiya qilingan, ammo vaksina olishni istashmagan», dedi u.
Maʼlumot uchun, avvalroq, koronavirusga qarshi vaksina bilan kimlar emlanmasligi maʼlum qilingani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring