Zangilonda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar transport vazirlarining 7-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

17:52 17 Noyabr 2023 Siyosat
272 0

2023-yilning 16-noyabr kuni Zangilon shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar transport vazirlarining 7-yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida tranzit tashuvlari jarayonini raqamlashtirish va boshqa masalalar muhokama etildi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilxom Maxkamov tashkilotga aʼzo davlatlar oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator takliflarni ilgari surdi.

Xususan, Temir yoʻl maʼmuriyatlari rahbarlarining navbatdagi yigʻilishida Tashkilot doirasida temir yoʻl idoralari kengashini taʼsis etish, uning asosiy funksiya va vazifalarini belgilash;

E-Permit, E-TIR, E-Transit kabi loyihalar orqali tovarlar va joʻnatish hujjatlarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartib-taomillarini raqamlashtirish jarayonini jadallashtirish;

viza tartib-taomillarini soddalashtirish, turli yigʻim va toʻlovlarni kamaytirish, ruxsatnoma blankalari kvotalari koʻpaytirish orqali xalqaro avtomobil tashuvlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligini taʼkidladi.

TDTga aʼzo mamlakatlar transport vazirlarining 7-yigʻilishi yakunlari boʻyicha Kommyunike imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер