Zaxiradagi yer maydonlarining noqonuniy sotilishining oldi olindi

17:59 11 May 2023 Jamiyat
514 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Qashqadaryo viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro G.P. Qarshi tumani, “Qoratepa” qishlogʻidagi 24 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Sh.Sh.ga tanishlari yordamida 150 mln soʻm evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytib, oldindan 50 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kegeyli tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. “Juzimbagʻ” OFY hududidan 50 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro O.X.ga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib 30 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Nukus shahar boʻlimi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa, fuqaro N.J. fuqaro J.J.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Nukus tumani “Samanbay” OFY hududidan 6 sotix zaxiradagi yer maydonini rasmiylashtirib olib berishi evaziga 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan  jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер