Zayniddin Nizomxoʻjayev: “MDH doirasida saylov sohasidagi hamkorligimiz samaralidir”
Ayni daqiqalarda Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Parlamentlararo Assambleyasi kuzatuvchilari bilan uchrashmoqda.
— Bizning Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi doirasida saylov sohasidagi hamkorligimiz samaralidir. Oʻzbekiston Parlamenti vakillari MDH PA missiyasi tarkibida tashkilotning demokratik qadriyatlarni yanada takomillashtirishga doir turli tuman-tadbirlarida muntazam ishtirok etib kelmoqda, — dedi Markaziy saylov komissiyasi Raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev.
Tadbirda mamlakatimizda oʻtkaziladigan Prezident sayloviga koʻrilayotgan tayyorgarliklar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring