Zahmatkash xodimlarning saʼy harakati bilan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik muddatidan avval tugatilmoqda
“Oʻzbekneftgaz” AJga qarashli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalarining 2023/2024-yillar kuz-qish mavsumida asosiy muhandislik kommunikatsiyalar, texnologik asbob-uskunalarni barqaror ishlashga tayyorlash hamda uglevodorodlarni qazib chiqarish, qayta ishlash qurilmalarida amalga oshiriladigan rejali taʼmirlash ishlarini sifatli va oʻz vaqtida bajarish maqsadida bir qator chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida bugungi kunga qadar 12 ta texnologik qurilma, 40 metr issiqlik va 450 metr suv tarmoqlari, 4 ta sigʻim mukammal, 2 ta qozonxona esa joriy taʼmirlandi.
Shuningdek asosiy muhandislik kommunikatsiyalarda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Xususan, 1-sonli siquv kompressor stansiyasida 1 dona kapital va 3 dona gazni haydash agregatida joriy taʼmirlash, 2-sonli siquv kompressor stansiyasida 4ta hamda “Shimoliy Nishon” SKSda 4ta gazni haydash agregatida modernizatsiya va reglament ishlari bajarildi. “Shoʻrtan neft gaz qazib chiqarish boshqarmasi bosh inshooti tovar gazni haydash siquv kompressor stansiyasidagi agregatlarda toʻliq reglament ishlari amalga oshirildi. Oltingugurt olish sexida taʼmirlash ishlari olib borildi. Gazni seolit yordamida oltingugurtdan tozalash qurilmasidagi 5-blok quvvatini oshirish maqsadida 2 dona adsorber montaj qilindi.
Qurilmada taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun barcha moddiy-texnik resurslar va ehtiyot qismlar tayyor holga keltirilgan boʻlib, texnologik qurilmalarni sifatli taʼmirlash natijasida kuz-qish mavsumida toʻxtovsiz, barqaror ishlashi va belgilangan reja koʻrsatgichlari bajarilishi taʼminlashga erishiladi.
2023-yil yanvar-avgust va sentyabr oyining oʻtgan davrida jami 16 ta quduq burgʻilanib, 3 ta texnologik obyekt ishga tushirildi. Ushbu tadbirlarni bajarish hisobiga qoʻshimcha 117 mln.kub metr tabiiy gaz olishga erishildi.
Ayni paytda boshqarma va tegishli departamentlar mutaxassislari bilan birgalikda, ishlab chiqarish koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlash uchun rejali taʼmirlash ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirilib kelinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring