Zafarobodda Oltiariq tajribasi asosida uzum yetishtiriladi

15:46 22 Avgust 2023 Jamiyat
574 0

Foto: «Халқ сўзи»

Zafarobod tumani “Madadkor qush” fermer xoʻjaligida Oltiariq tajribasi asosida uzum yetishtirish va uni parvarish qilishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.

Unda viloyatning agrar sohaga taalluqli tashkilotlari, soha olimlari va uzumchilik bilan shugʻullanish istagidagi tadbirkorlar ishtirok etishdi.

— Mamlakatimizda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirish, yangi istiqbolli sanoatbop uzum navlarini koʻpaytirish va yetishtirishni yoʻlga qoʻyish, qayta ishlash korxonalarini mahsulotlar bilan taʼminlash va aholini yilning toʻrt faslida ham sifatli uzumlar bilan bahramand etish maqsadida yangi uzumzorlar barpo qilinmoqda, — deydi seminarda soʻzga chiqqan Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Oybek Ashurmatov. — Bu ishlarni amalga oshirishimizda davlatimiz rahbarining joriy yil 3-avgustdagi «2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori muhim dasturulamal boʻlmoqda.  

Yurtimizda uzumchilik va uzum mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash va eksportga yoʻnaltirishga katta eʼtibor berilayotgani bejiz emas. Oʻrganishlar natijasiga koʻra, togʻli va suv tanqisligi vujudga keladigan yerlarda 1 gektar maydonda uzum yetishtirish uchun oʻrtacha 120-130 million soʻm xarajat qilinsa, 4-5 yildan keyin gektaridan 300 million soʻm va undan oshiqroq sof foyda olish imkoni mavjud.

Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер