Yuz nafar falastinlik Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi
Illyustrativ foto | Rafah posti
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Oʻzbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev.
Diplomatning Yaqin Sharq axborot agentliklaridan biriga bergan bayonotida evakuatsiya kecha, 26-dekabr kuni amalga oshirilgani qayd etilgan. Amaliyot ikki davlatning Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan.
Uning taʼkidlashicha, evakuatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunicha Oʻzbekistonda qoladi. Hozirda ular davolanish va sogʻliqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtirilmoqda.
Qilichev shuningdek, Oʻzbekiston hukumati evakuatsiya qilinganlarni barcha ehtiyojlari, jumladan mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqalar bilan taʼminlashini qoʻshimcha qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring