Yuz yil ichida birinchi martoba Chernobilga ayiqlar qaytishdi

18:07 23 Sentyabr 2020 Dunyo
1065 0

100 yildan ortiq vaqt ichida birinchi martoba Chernobil hududiga ayiq qaytdi.

Bu haqda BBC mintaqa tadqiqotchisi Sergey Gashakka asoslanib xabar bermoqda.

Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, hududda bo‘rilar hamda silovsinlar sonining ko‘payishi ham kuzatilmoqda.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Chernobilga katta yirtqichning qaytishi bu yerlarda odamlarning, shuning bilan birga, ular faoliyatining izlari yo‘qligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 

Gashakning qayd etishicha, hozirda odamlar ushbu hayvonlarni ta’qib qilayotgani bois Ukrainaning boshqa hech bir joyida Chernobil zonasidagi kabi bo‘rilarning katta miqdori mavjud emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер