Yurtimizda “Vorislik huquqi“ aksiyasi oʻtkaziladi

18:55 07 Fevral 2023 Jamiyat
934 0

Oilalarda meros bilan bogʻliq nizolarning oldini olish, shuningdek fuqarolarning mol-mulkka boʻlgan huquqlarini taʼminlash, ularning bu sohadagi huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “Vorislik huquqi“ aksiyasi oʻtkaziladi.

Aksiya 2023-yil 10-fevraldan 10-martgacha davom etadi.

Aksiya doirasida, jumladan:

— davlat tashkilotlari va mahallalarda manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari tashkil qilinadi;

— joylarda vasiyatnomalarni tasdiqlash va boshqa notarial harakatlar sayyor tarzda amalga oshiriladi;

— vorislik huquqi boʻyicha audiopodkast oʻtkaziladi;

— 2 bosqichli (test va suhbat shaklida) tanlov tashkil etiladi;

— merosni rasmiylashtirish va merosni ochish bilan bogʻliq murojaatlar yuzasidan buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha amaliy choralar koʻriladi;

— bepul onlayn oʻquv kurslari va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер