Yurtimizda koronavirusga chalingan bemorlar va karantindagilarga qancha mablagʻ sarflanmoqda?

23:10 25 May 2020 Jamiyat
977 0

Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarga davlat byudjetidan ajratilgan mablagʻlar haqida maʼlumot berdi.

23-may holatiga koʻra, Oʻzbekistonda 2492 bemor davolanib chiqqan. Har bir davolanib chiqqan bemor uchun davlat 32,3 million soʻmdan xarajat qilgan. Jami 80 mlrd soʻmdan oshiq mablagʻ shu maqsadga yoʻnaltirildi.

Davolanayotganlar uchun (23-may holatiga koʻra 573 bemor) 18 mlrd soʻmdan oshiq xarajat (har bir bemor uchun 32,3 million soʻmdan) ketyapti.

Kasalligi ogʻir kechayotgan bemorlarning har biriga 64,4 million soʻmdan ajratilgan. Koronavirus pandemiyasi davrida jami 50 bemor intensiv terapiya boʻlimiga oʻtkazilgan, shundan 13 bemor vafot etgan, ayni vaqtda 3 bemor ogʻir ahvolda qolmoqda, qolgan bemorlarning ahvoli yaxshilangan. Bunday bemorlar uchun jami 3,2 mlrd soʻm mablagʻ sarflangan.

Reabilitatsiyaga oʻtkazilgan 2492 bemor uchun yana (2,8 million soʻmdan) 6 milliard 977 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Hozirda 45 455 kishi karantinda va ularning har biri uchun 2,2 million soʻmdan ajratilgan, bu jami 100 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер