Yurtimizda koronavirusdan sogʻayganlar soni 5000 nafardan oshdi

22:48 26 Iyun 2020 Jamiyat
656 0

Bugun poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 18 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasining koʻp tarmoqli klinikasida 14 nafar, shahar 1-son klinik shifoxonasida 34 nafar, shahar 3-son tugʻruq majmuasida 7 nafar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 5 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Navoiy viloyatida 14 nafar, jami 125 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

Shunday qilib, poytaxtimizdagi tibbiyot muassasalarida yana 87 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan forigʻ boʻlib, ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida “COVID-19”dan sogʻayganlar soni 2860 nafarga yetdi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida shifokorlarimizning fidoyiligi sabab “COVID-19”dan tuzalganlar soni 141 nafarga yetib, koronavirusdan holi hududga aylanmoqda.

Endilikda Qashqadaryo viloyatida infeksiyadan forigʻ boʻlganlar soni 42 nafarni tashkil etmoqda.

Navoiy viloyatida esa koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 237 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugun yurtimizda shu soatgacha 161 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor tuzalib, hozirda mamlakatimiz boʻylab sogʻayganlar soni 5038 nafarni tashkil etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер