Yurtimizda bugun ob-havo qanday boʻladi?
«Oʻzgidromet» bugun, 7-sentyabr, dushanba kuni Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻlishi haqida maʼlumot berdi.
"Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +16..+18°, kunduzi +30..+32° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +15..+20°, kunduzi +25..+30° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +17..+22°, kunduzi +30..+35° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +15..+20°, kunduzi +27..+32° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +18..+23°, kunduzi +30..+35° boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +15..+18°, kunduzi +30..+32° boʻladi" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring