Yurtimizda bir kecha-kunduzda 25 nafar egizak dunyoga keldi — Sogʻliqni saqlash vazirligi
Foto: Arxiv surat
Joriy yil 21-dekabr ertalabki soat 08:00 dan 22-dekabr 08:00 gacha Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etilgan Shtabga quyidagi maʼlumotlar kelib tushdi.
Sutka davomida tugʻruqlar soni:
jami 2 508 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Ulardan:
— 1 289 nafari oʻgʻil;
— 1 219 nafari qiz;
— 25 nafari egizak.
Eng koʻp tugʻuruq qayd etilgan hududlar:
— Namangan viloyati — 271 nafar
— Samarqand viloyati — 259 nafar
— Fargʻona viloyati — 256 nafar
— Qashqadaryo viloyati — 235 nafar
— Toshkent viloyati — 218 nafar.
“103” xizmati:
2 755 ta tibbiyot brigadasi faoliyat koʻrsatdi.
“Tez yordam”ga 41 784 ta chaqiriq kelib tushdi.
Eng koʻp chaqiriqlar:
— Fargʻona viloyati — 5 084 ta
— Andijon viloyati — 4 788 ta
— Namangan viloyati — 4 490 ta
— Toshkent shahri — 4 143 ta
Yurtimiz boʻyicha “103” xizmati orqali shifoxonaga yotqizilgan bemorlar soni:
— kattalar — 2 486 nafar
— bolalar — 879 nafar
Shu vaqt davomida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va filiallariga 2 627 ta murojaat kelib tushdi.
Gospitalizatsiya qilingan bemorlar — 927 nafar
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring