Yurtimiz hamshiralari Germaniya klinikalarida ishlashi mumkin

18:34 11 Aprel 2022 Jamiyat
1633 0

Bugun chet elda ishlash istagidagi fuqarolarimiz uchun zarur imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularning mehnat faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, huquq va manfaatlarini himoya qilish choralari koʻrilyapti. Xususan, tibbiyot sohasida ham!

Prezidentimizning 2020-yil 15-sentyabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ayni shu maqsadda qabul qilingan.

Mazkur hujjat ijrosi doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Shveysariyaning “GLOBOGATE Recruiting GmbH” kompaniyasi Germaniya Federativ Respublikasida ish joylarini tanlash, oʻqitish va ishga qabul qilish boʻyicha bir qator loyihalarni amalga oshirdi.

Jumladan, mamlakatimizdagi malakali oʻrta tibbiyot xodimlari ushbu loyihalar doirasida Germaniyaning Axen universiteti shifoxonasi va Asklepios kasalxonalari hamda klinikalariga umumiy hamshira hamda psixiatrik hamshira sifatida ishlash uchun taklif etilgan.

Hozir Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, “Globogate Recruiting GmbH” tashkiloti hamda Germaniyaning yuqorida qayd etilgan ikki tibbiyot muassasasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tanlovda saralab olingan dastlabki 200 nafar oʻrta tibbiyot xodimi oʻquv jarayonlarida ishtirok etmoqda. Ularning 25 nafari hamshiralik ishi yoʻnalishi, qolgan 175 nafari psixiatriya boʻlimlarida ishlash uchun tayyorlanmoqda.

Dastur doirasida yil soʻngiga qadar 500 nafar oʻrta tibbiyot xodimini xorijda ishlash uchun tayyorlash va Germaniyaga joʻnatish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер