Yurtdoshlarimizning ish haqi va hujjatlari olib berildi

12:24 04 Oktyabr 2022 Jamiyat
439 0

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Volgograd shahridagi vakilligiga O‘zbekiston fuqarolari hujjatlari va oylik maoshlarini olib berilishi bo‘yicha murojaat qiladi.

Murojaat yuzasidan ish beruvchi bilan muzokaralar o‘tkazilib, yurtoshlarimizning pasportlari va 53 ming rubl oylik maoshlari undirib berildi.

Shuningdek, Agentlikning Volgograd shahridagi vakili Bikovo tumanida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda fuqarolarimizning ish sharoitlari o‘rganilib, migratsiya sohasidagi yangi qaror va qonunchilik normalari, chet elda mehnat qilish uchun yaratilayotgan sharoit va qulayliklar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Shu bilan birgalikda, Rossiya Federatsiyasining ichki va tashqi siyosatiga aralashmaslik, noqonuniy harakatlar va mitinglarda qatnashish qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligi tushuntirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер