Yurtdoshlarimiz Umra ibodatini koʻtarinki kayfiyatda ado etmoqda
Foto: Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Avval xabar berganimizdek, hozirda 4000 dan ortiq ziyoratchilarimiz Makka va Madina shaharlarida boʻlib turibdilar.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati xabariga koʻra, Madina shahridagi “PullMan Zam Zam” mehmonxonasida yurtdoshlarimiz karantin talablariga muvofiq har bir xonaga 2 kishidan qilib joylashtirilib, tibbiy niqobda yurishlari taʼminlanmoqda.
Ayni paytda Makkai mukarramada Buxoro, Namangan, Fargʻona, Samarqand, Toshkent, Xorazm, Andijon viloyati va Toshkent shahridan tashrif buyurgan ziyoratchilarimiz 5 vaqt namozlarini Harami sharifda ado etish baxtiga muyassar boʻlmoqdalar.
Bu yerda ziyoratchilarimiz Savr va Nur togʻlari, Arafot maydoni, Mino, Muzdalifa vodiylari kabi moʻtabar qadamjolarga tashrif buyurmoqdalar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring