Yurtdoshlarimiz huquqlari himoya qilindi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Ufa shahridagi vakolatxonasi xodimlari tomonidan mazkur hududda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan yurtdoshlarimiz T.D. va T.A. murojaat qildi.
Mehnat migrantlari joriy yil yanvar oyida Ufa shahriga mustaqil tarzda ishlash uchun boradi. Bir necha oy ishlagandan soʻng ish beruvchiga Vatanga qaytish istagini bildirib, hujjatlarini soʻraydi.
Biroq, ish beruvchi tomonidan ularning hujjatlari qaytarib berilmaydi. Shundan soʻng, vakolatxona xodimlari ish beruvchiga mehnat migrantlari pasportlarini ushlab turilishi qonunga xilof ekanligi tushuntirib, ularning hujjatlarini olib berdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring