Yuridik texnikum bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha OTMga qabul qilish tartibi belgilandi
Hukumat qarori (705-son, 22.11.2021-y.) bilan Adliya vazirligi yuridik texnikumi bitiruvchilarini yurisprudensiya yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalariga qabul qilishga oid nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, hududiy adliya organlari har yili 10-iyungacha yuridik texnikum bitiruvchilariga yoʻllanma berish masalasini koʻrib chiqish uchun komissiya tuzadi.
Bitiruvchilar yoʻllanma olish uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn platforma orqali murojaat qiladi.
Arizalar 20-iyundan 30 iyungacha quyidagi asosiy talablar boʻyicha koʻrib chiqiladi:
— har bir fan boʻyicha reytingi 71 va undan yuqori boʻlishi (sirtqi yoki masofaviy taʼlimda oʻqiganlar uchun 85 va undan yuqori);
— chet tilini B2 va undan yuqori darajada bilishini tasdiqlovchi sertifikati boʻlishi;
— maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlari, loyihalar va tanlovlarda faol ishtirok etgan, shaxsiy yutuqlar mavjud boʻlishi;
— ichki tartib-qoidalarga, odob-axloq qoidalariga rioya etishi kerak;
Yoʻllanma olganlar hujjatlarini 5-25-iyulda OTMga onlayn yuboradi.
Yoʻllanma olganlar bilan yakka tartibdagi suhbat 10-25-avgustda oʻtkaziladi.
Suhbatda mamlakatdagi islohotlar mohiyati, ixtisoslikni tanlashdagi motivatsiya, shaxsiy-kasbiy xususiyatlar, yuridik bilimlar aniqlanadi va baholanadi.
Suhbat natijalari 30-avgustgacha abituriyentni oʻqishga qabul qilish uchun tegishli OTMga yuboriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring