Yurak xurujiga chalingan fuqaro Vatanga qaytarildi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasiga fargʻonalik R.M. salomatligi yomonlashgani sababli Oʻzbekistonga qaytishda yordam soʻrab murojaat qilgan.
Mazkur murojaat oʻrganilganda, R.M. 2021-yilning noyabr oyida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiya Federatsiyasiga borgani, patent rasmiylashtirgani, 2022-yilning boshida salomatligi yomonlashib, tez tibbiy yordamda Tomsk shahar shifoxonasiga olib borilgani, shifoxonada yurak xurujiga chalingani maʼlum boʻlgan.
Ayni paytda R.M. ishga yaroqsiz va moliyaviy murakkab ahvolda qolgan.
Fuqaro R.M. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Vatanga qaytarildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring