Yuqori Chirchiq tumani hokimiga tegishli mashina 16 yoshli qizni urib yuborgan. Qiz ogʻir tan jarohatlaridan vafot etdi
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani hokimiga tegishli mashina voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, 20-avgust kuni «Kaptiva» rusumli davlat raqami 10 020 DAV haydovchisi U.A. (1994-y.t. haydovchi) yoʻlni kesib oʻtayotgan piyoda voyaga yetmagan qizni (2005-y.t., maktab oʻquvchisi)ni urib yuborgan.
Natijada piyoda Yuqorichirchiq tuman markaziy shifoxonasiga olib ketilayotgan vaqtda olgan ogʻir tan jarohatlaridan vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan 21.08.2021-yilda Yuqorichirchiq tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring