Yunusobodda 3 ta, Chilonzorda 2 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir boʻldi
Videodan kadr
Toshkent shahri Yunusobod tumanida ZIL, “Voyah” va “Nexia-3” yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Holat yuzasidan poytaxt Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 6-yanvar kuni soat 13:55 larda Yunusobod tumani Amir Temur koʻchasida ZIL, “Voyah” va “Nexia-3” rusumli transport vositalari oʻzaro toʻqnashib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
YTH oqibatida ZIL rusumli yuk avtomashinasi agʻdarilib ketgan. Bildirilishicha, hodisa tufayli tan jarohat olganlar yoʻq.
Shuningdek, bugun soat 00:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor koʻchasida 21 yoshli O.U. boshqaruvidagi “Cobalt” va 35 yoshli U.N. boshqaruvidagi BYD rusumli avtomashinalar oʻrtasida YTH roʻy bergan.
Toʻqnashuv oqibatida har ikkala mashinaning bir nafardan yoʻlovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring