Yunusobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Saidaliyev Abrorxoʻja Rustamxoʻja oʻgʻli Yunusobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Abrorxoʻja Saidaliyev 1994-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2017-yilda Oʻzbekiston milliy universiteti, 2021-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Maʼlumoti oliy.
Saidaliyev 2018-2022-yillarda poytaxtning Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligida ishlagan. U 2022-yilning iyun oyidan ushbu tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ismatov Davron Raximdjonovich Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring