“Yunusobod” metro yoʻnalishidagi qurilish maydonida yer oʻpirilib tushgan, qutqaruv-qidiruv ishlari davom etmoqda (Video)

13:19 18 Dekabr 2019 Jamiyat
2320 0

Xabar qilinganidek, Toshkent metropolitenining yangi qurilayotgan Yunusobod yoʻnalishi qurilishida yer oʻpirilishi oqibatida avariya sodir boʻldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi rahbari Furqat Sanayev telegram kanalida maʼlum qildi.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Yunusobod tumanida, “Megaplanet” oldida tunnel qazilayotgan boʻlgan. Xabarlarda aytilishicha, suv tunnelga tushmasligi uchun beton lotok qilingan. Ana shu lotokning qaysidir qismidan suv ketgan va suv toʻplangan. Yogʻingarchilik kuchaygan vaqtda yer boʻshab tunnelni bosib qolgan.

Voqea joyiga zudlik bilan tibbiyot xodimlaridan iborat tezkor brigadalar jalb qilingan. Hozircha hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoʻq. Voqea guvohi boʻlgan 1975-yil tugʻilgan qashqadaryolik B.M. ushbu holatdan qattiq stressga tushgan. Ayni paytda unga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida sifatli tibbiy yordam koʻrsatilmoqda.

Ayni vaqtda hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер