YUNESKO global miqyosda maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirmoqda
YUNESKO sinflardagi buzilishlarni bartaraf etish, oʻqishni yaxshilash va bolalarni kiberbullingdan himoya qilish uchun maktablarda smartfonlarni taqiqlashga chaqirdi.
Aytilishicha, oʻquvchilarning oʻzlashtirish darajasining pastligi mobil telefonlardan koʻp foydalanish bilan bogʻliq boʻlib, ekranga uzoq muddat tikilib turish esa bolalarning hissiy barqarorligiga salbiy taʼsir qiladi.
Taʼkidlanishicha, texnologiya “dastavval taʼlim uchun moʻljallanmagan”, shuning uchun u insonga yoʻnaltirilgan konsepsiyaga mos kelishi va oʻqituvchi bilan bevosita muloqot oʻrnini egallamasligi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring