Daʼvogar davosini qaytib olgani uchun Yulduz Usmonovaning ishi sudda koʻrilmadi
Avvalroq, Usmonova Yulduzning sud ishi qoldirilgani haqida xabar bergan edik.
Toshkent shahar sudlarining maʼlum qilishicha, 23-iyul kuni Oliy sudning VKA rejimi orqali respublika miqyosida sudyalar faoliyatining 2021-yil 1-yarim yillik yakuni boʻyicha yigʻilishi oʻtkazilgan.
Shunga koʻra, daʼvogar Tajimuratov Dauletmuratning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan shaʼn-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi boʻyicha 2021-yil 23-iyul soat 15:00 ga tayinlangan VKA rejimida koʻrilishi rejalashtirilgan ish boshqa kunga qoldirilgan.
Sud majlisining muhokamasi bugun – 29-iyul soat 15:00 ga VKA rejimida FIB Nukus tumanlararo sudi ishtirokida koʻrilishi tayinlangan boʻlib, taraflarga telefonogramma orqali xabar berilgan.
2021-yil 29-iyul kuniga tayinlangan sud majlisi daʼvogar Tajimuratov Dauletmuratning ishni koʻrmasdan qoldirish haqidagi arizasi sudga kelib tushganligi sababli uning javobgar Usmonova Yulduzga nisbatan shaʼn-qadr qimmatga yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi arizasi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 122-moddasi 9-bandiga asosan koʻrmasdan qoldirildi va bu haqda sudning shu kundagi ajrimi eʼlon qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring