Yozyovonda kichik GES quriladi

16:32 09 Fevral 2023 Jamiyat
588 0

Foto: Xalq so‘zi

Maʼlumki, mamlakatimizda demografik koʻrsatkichlar hamda tadbirkorlik subyektlari soni izchil oshayotgan bir paytda energiya taʼminoti barqarorligini kafolatlash tobora dolzarb boʻlib bormoqda. Bu esa oʻz navbatida muqobil energiya manbalarini yaratish chora-tadbirlarini jadallashtirishni taqozo etayotir.

Fargʻona viloyatida ham birinchi navbatda mahalliy hokimliklar, davlat idoralari, ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etishga eʼtibor qaratilyapti.

Yozyovon tumanida quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda shular xususida soʻz yuritildi. Tadbir doirasida tumanda qurilishi rejalashtirilayotgan kichik gidroelektrostansiyasi taqdimoti boʻlib oʻtdi.

— Tez kunlarda loyiha qiymati bir million dollar, quvvati bir megavatt boʻlgan ushbu kichik GES qurilishga kirishiladi, — deydi “Suv nasos taʼmir” MCHJ rahbari Anvarjon Nazarov. — U 2023-yilning toʻrtinchi choragida foydalanishga topshiriladi va tumanda energiya manbalariga boʻlgan ehtiyojning maʼlum bir qismini uzluksiz taʼminlash imkonini beradi.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер