Yozyovonda goʻsht 55-60 ming soʻm atrofida sotilmoqda

16:17 19 Yanvar 2023 Jamiyat
713 0

Foto: Xalq so‘zi

Fargʻona viloyati Yozyovon tumani hokimligi tashabbusi bilan qish-qirovli kunlarda aholini kundalik zaruriy oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida “Markaziy dehqon bozori”da arzonlashtirilgan yarmarka faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Ayni kunlarda tumandagi fermer xoʻjaliklari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar ushbu yarmarka orqali bozor narxidan ancha arzon narxlarda sotilmoqda.

— Mahalladoshlardan eshitib kelgandim, haqiqatan ham narxlar bozordagidan arzon ekan, — deydi mehnat faxriysi Malikjon Boymatov. — Nabiram bilan oilamiz ehtiyoji uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni sotib oldik. Savobli ish tashabbuskorlariga rahmat. Bu bugungi qiyin sharoitda koʻplab oilalarga katta yordam boʻladi.

Oʻrganishlar jarayonida maʼlum boʻlishicha, yarmarkada asosiy oziq-ovqat mahsulotlari boʻlgan qoʻy va mol goʻshti kilosi oʻrtacha 55-60 ming soʻm, paxta yogʻining bir litri 18-19 ming soʻm, kartoshka 4 ming, sabzi 2 yarim ming hamda piyoz 6 ming soʻmdan sotuvga chiqarilgan. Narxlarning asossiz oshib ketmasligi toʻrtta sektor masʼullari tomonidan nazoratga olingan.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер