Yozuvchi Abdulla Qahhor haqida film yaratiladi

11:11 06 Fevral 2021 Madaniyat
1452 0

“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent moliya instituti bilan hamkorlikda atoqli yozuvchi, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni sohibi Abdulla Qahhor haqida hujjatli film suratga olinadi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.

“Abdulla Qahhor. Oʻn uchinchi qaldirgʻoch” filmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Ssenariy mualliflari Shoyim Boʻtayev, Iqbol Qoʻshayeva, rejissyor Ilhom Haydarov.

Hujjatli filmning syomka jarayonlari Abdulla Qahhor uy-muzeyi, Adiblar xiyoboni, Toshkent moliya institutida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер