Yozning oxirgi oyida Tokioda 131 kishi issiq urishidan vafot etdi

22:16 20 Avgust 2020 Dunyo
1036 0

Avgust oyi boshidan beri Yaponiya poytaxtidagi anomal issiq ob-havo oqibatida halok boʻlganlar soni 131 kishiga yetdi.

Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi sakkiz kun ichida 28 kishi vafot etgan. Ulardan 27 tasi uyidan topilgan. 25 nafar qurbon konditsionerdan foydalanmagan. Halok boʻlganlarning 80 foizdan ortigʻi 70 yoshdan oshgan odamlardir.

Umuman olganda, soʻnggi bir haftada mamlakatda deyarli 13 ming kishi kasalxonaga yotqizilgan, 30 kishi vafot etgan.

Avgust oyining boshidan beri deyarli butun Yaponiyada oʻta issiq havo hukm surdi. Baʼzi viloyatlarda havo harorati + 38° C dan oshmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер