Yovvoyi hayvonlarni ruxsatnomasiz saqlash taqiqlanadi
Qonunchilikka koʻra, yovvoyi hayvonlar bilan munosabatda quyidagilar taqiqlanadi:
— yovvoyi hayvonlarni ruxsatnomasiz saqlash;
— yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yertoʻlalar, oʻtiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
— ruxsatnomasiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
— quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli boʻlgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash;
— yovvoyi hayvonlarni tajovuzli xatti-harakatlarga undash.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring