Yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir dastur qabul qilindi

14:35 30 Yanvar 2026 Jamiyat
825 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-yanvardagi tegishli qarori bilan “Uzluksiz taʼlim tizimida yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirish dasturi” tasdiqlandi.

Qaror asosida:

  • har dushanba kuni barcha taʼlim tashkilotlarida “Kelajak soati” darsi oʻtiladi, dars ssenariylari asosida yaratilgan kontentlar “milliytarbiya.uz” elektron platformasiga joylashtiriladi;
  • Dasturda belgilangan vazifalarga erishish maqsadida Oʻzbekistonning Milliy tarbiya modeli ishlab chiqiladi;
  • har yili maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼul rahbar va pedagoglar oʻrtasida “Milliy qadriyatlar targʻibotchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi.

2026-yil 1-iyunga qadar:

  • Oʻzbekistonning Milliy tarbiya modelining, har yili 1-sentyabrga qadar maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejalari tasdiqlanadi.

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

  • “Jasorat maktablari” oʻquvchilari oʻrtasida ikki bosqichdan iborat “Jasorat uchqunlari” harbiy- vatanparvarlik va sport musobaqasi oʻtkaziladi.

2026-yil iyun oyida:

  • taʼlim tashkilotlaridagi “Vatan tayanchi” harakati aʼzolarining harbiy-vatanparvarlik forumi tashkil etiladi.

Dastur uch bosqichda amalga oshiriladi:

  • birinchi bosqichda — maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 3-6 yoshdagi bolalarga milliy oʻzlik tuygʻusining rivojlanishi, oʻz xatti-harakatlarini boshqarish va oʻzini namoyon qilishga intilish, tevarak-atrofga munosabat koʻnikmalari singdiriladi;
  • ikkinchi bosqichda — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻqiyotgan 7-18 yoshdagi oʻquvchilarda buyuk ajdodlarimizning maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, oʻziga ishonch, mustaqil qaror qabul qilish, sogʻlom dunyoqarash, bagʻrikenglik, burch va masʼuliyat fazilatlari shakllantiriladi;
  • uchinchi bosqichda — oʻrta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida bilim olayotgan 16-22 yoshdagi oʻquvchi va talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanini himoya qilishga tayyor, harbiy xizmatga shay, fidoyi shaxsni tarbiyalash, Oʻzbekistonning jahon hamjamiyatidagi oʻrni va nufuzini yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻsha oladigan faol fuqarolik pozitsiyasi rivojlantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер