Yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishning yangi tizimi bilan tanishmisiz?

12:18 10 Mart 2020 Jamiyat
1876 0

 

Yaqinda Prezidentimizning “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy xizmatga chaqirish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Unga koʻra yoshlarni harbiy xizmatga chaqirishning yangi tizimi amaliyotga joriy etilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Oʻtgan davr mobaynida Qurolli Kuchlarimiz har qanday xavf-xatarga munosib zarba bera oladigan qudratli, tezkor va samarali yagona kuch sifatida shakllandi. Tizimda olib borilayotgan islohotlar xalqimiz, ayniqsa, yoshlar qalbida milliy armiyamiz bilan faxrlanish tuygʻusini yana-da oshirmoqda. Biroq yoshlarni armiyaga saralash va harbiy xizmatga chaqirishning amaldagi holati bugungi kun talablariga toʻlaqonli javob bermasligi inobatga olinib, bu borada yana-da samarali tizim ishlab chiqishni taqozo etdi.

Oldinlari chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish toʻgʻrisidagi qaror tuman mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi tomonidan qabul qilbngan boʻlsa, yangi tizimda mazkur qaror Qurolli Kuchlarni butlash komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

Chaqiriluvchilarni yakuniy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish maʼsuliyati harbiy gospitallarning harbiy shifokorlari zimmasiga yuklatildi. Bundan tashqari, bir-birini takrorlovchi tibbiy komissiyalar, yaʼni muqobil hamda harbiy qismlarda oʻtkaziladigan takroriy tibbiy komissiyalardan voz kechildi. Shuningdek,mazkur qaror bilan viloyatlar kesimida Rahbariyat kengashi, Harbiy-tibbiy komissiyalar, tumanlarda esa Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Shuningdek, ular Rahbariyat kengashi, harbiy-tibbiy, butlash va hududiy tibbiy komissiyalarning samarali faoliyat yuritish uchun shaxsan masʼuldir.

Yana bir yangilik. Barcha fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Mudofaa ishlari boʻlimlarida elektron tizimga asoslangan yagona darcha xizmati joriy etilmoqda. Eʼtiborlisi, chaqiruvchilar, ularning ota-onalarining murojaatlari toʻgʻridan-toʻgʻri Rahbariyat kengashi tomonidan shu joyning oʻzida yakuniy tarzda hal etiladi.

Xulosa qilib aytganda, mazkur yangi tizim chaqiruv tadbirlarini ochiq, oshkora va shaffoflik ruhida oʻtkazilishini, shu orqali Qurolli Kuchlarni fidoyi, vatanparvar va yuksak salohiyatli chaqiriluvchilar bilan butlash imkoniyatini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер