Yoshlar tashabbuslari – Senat eʼtiborida
Oliy Majlis Senatida Toshkent shahridagi bir qator xorijiy va davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari hamda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Buyuk Britaniyadagi faol yoshlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuv davomida yoshlar Senat va Yoshlar parlamenti faoliyati, qonun ijodkorligi jarayoni, shuningdek, senatorlarning ish tartibi bilan yaqindan tanishdilar.
Muloqotda senator Malika Kadirxonova soʻzga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan parlament islohotlari, qonun ijodkorligi jarayonida yoshlarning ishtirokini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda yoshlar bilan ochiq muloqotning ahamiyati haqida batafsil toʻxtaldi.
Tadbir davomida Yoshlar parlamenti raisi Laylo Aslonova Prezidentning yoshlar bilan yaqinda oʻtkazgan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslar, shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari haqida maʼlumot taqdim etdi.
Uchrashuv yakunida talaba yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Umumiy mukofot jamgʻarmasi 700 ming yevro boʻlgan shaxmat turniri yakunlandi
- Oʻzbekistonda steyblkoinlardan toʻlov vositasi sifatida foydalanish mumkin boʻladi
- Shavkat Mirziyoyev madaniyat va turizm sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi
- Prezident uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- Eron mamlakat rahbariyatining oʻldirilishi uchun AQSH va Isroilni javobgarlikka tortmoqchi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring