Yoshlar siyosati va sport vaziri Vengriya elchisini qabul qildi

16:54 02 Oktyabr 2023 Siyosat
142 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov hamda Vengriyaning Oʻzbekistondagi elchisi janob Yuzef Rossa oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida sport sohasida hamkorlikni rivojlantirish hamda sport murabbiylari oʻrtasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov tomonidan elchi janoblari va uning jamoasiga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirildi.

Elchi janoblari oʻz oʻrnida Ikki mamlakat oʻrtasida iqtisodiy, ijtimoiy hamda gumanitar sohalarda oʻrnatilgan mustahkam aloqalar yuqori natijalar berishiga ishonch bildirildi.

Uchrashuv davomida, kelgusida hamkorlikda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar hamda navbatdagi kelishuvlar yuzasidan muhokamalar oʻtkazildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер