Yoshlar siyosati va sport vaziri FIS direktori Andrea Rinaldi bilan uchrashdi
Bugun Yoshlar siyosati va sport vazirligi binosida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adkham Ikramov hamda Xalqaro changʻi va snoubord federatsiyasi (FIS) direktori Andrea Rinaldi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik uchrashuvi oʻtkazildi.
Muloqot davomida, mehmonlar tomonidan bugungi kunda qishki sport turlari boʻyicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib borayotganligi alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, mehmonlar mamlakatimizda sohada olib borilayotgan davlat siyosati hamda erishilayotgan yutuqlarni yuqori baholab, hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini taʼkidladilar.
Uchrashuv davomida hamkorlikni aloqalarini yanada rivojlantirish, ushbu soha boʻyicha amalga oshiriladigan ishlarni jadallashtirish va kelgusi rejalar boʻyicha kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring